Mirziyoyev futbolchi va murabbiylarni mukofotladi
Jamiyat
−
06 iyun 21272 4 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 nafar futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, terma jamoasi bosh murabbiysi va bir necha mutasaddilarni mukofotladi. Bu haqda davlat rahbari “Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, ular O‘zbekistonda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalq orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qo‘shgan katta hissasi, futbol bo‘yicha Osiyoning eng kuchli jamoalari o‘rtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini ko‘rsatib, ulkan g‘alabaga erishgani – O‘zbekiston tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini yuksaltirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etib kelayotgani uchun mukofotlangan.
“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan
- Temur Tohirovich Kapadze – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
- Abdulla Qaxramonjon o‘g‘li Abdullayev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Hojiakbar Ulug‘bek o‘g‘li Alijonov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Husniddin Ro‘zi o‘g‘li Aliqulov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Rustamjon Elyorovich Ashurmatov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Abdurauf Anvar o‘g‘li Bo‘riyev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Ruslanbek Muzaffar o‘g‘li Jiyanov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Jamshid Mahmudovich Iskandarov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Jaloliddin Qadamboy o‘g‘li Masharipov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Akmal Vladimirovich Mozgovoy – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Sherzod Innatillo o‘g‘li Nasrullayev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Abduvahid Furqat o‘g‘li Ne’matov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Farrux Karimovich Sayfiyev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Igor Vladimirovich Sergeyev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Azizbek Murodulla o‘g‘li Turg‘unboyev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Islom Saidkamolovich To‘xtaxo‘jayev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Oston Rustam o‘g‘li O‘runov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Abbosbek Saidjon o‘g‘li Fayzullayev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Odiljon Sohibjon o‘g‘li Ҳамробеков – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Abduqodir Xikmatjon o‘g‘li Xusanov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Eldor Azamat o‘g‘li Shomurodov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Otabek G‘ayrat o‘g‘li Shukurov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Botirali Haydarali o‘g‘li Ergashev – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Hojimat Botir o‘g‘li Erkinov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Umarbek Yusuf o‘g‘li Eshmurodov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- O‘tkir Davlatbekovich Yusupov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
- Ravshan Sayfiddinovich Ermatov –O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari.
Live
Barchasi