Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan “Markaziy Osiyo –Xitoy” ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bo‘lajak tadbirda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisi Si Szinpin bilan ham muzokara o‘tkazadi.

Ta’kidlash joizki, bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Qozog‘istonga borgandi. Xitoy rahbarining samolyoti Qozog‘iston chegarasidan poytaxt aeroportigacha Qozog‘iston Havo mudofaasi kuchlari qiruvchi samolyotlari tomonidan kuzatib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Markaziy Osiyo – Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing