Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
02 iyul 3709 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Baku shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Prezident Mirziyoyev Baku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi va boshqa oliy darajadagi tadbirlarda qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan joriy yilning 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi