Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveysariyaning Syurix shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Syurix xalqaro aeroportida Prezidentni Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib olgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, 22 yanvar kuni Davos shahrida O‘zbekiston yetakchisi AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davosda “Tinchlik kengashi” ustavini imzolash marosimi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. Nizom loyihasiga ko‘ra, Tramp organning birinchi raisi bo‘ladi va yangi a’zolarni taklif qilish bo‘yicha qarorlarni shaxsan o‘zi qabul qiladi. Tashkilotning doimiy a’zosi maqomini olish uchun AQSH ma’muriyati davlatlardan birinchi yil davomida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida badal to‘lashni talab qiladi.  

“Bloomberg”ning qayd etishicha, bunday moliyaviy sharoit ko‘plab jahon yetakchilarini hayratda qoldirdi va keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Dastlab kengash G‘azo sektorini tiklashni nazorat qilish uchun tashkil etilgan bo‘lsa-da, Nizom matni BMTga muqobil bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashabbusning kengroq va global ambitsiyalarini ko‘rsatadi. Ba’zi taklif qilingan tomonlar Tramp rais sifatida yangi tuzilma mablag‘lari ustidan yagona nazoratni qo‘lga kiritishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Shveytsariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing