Shavkat Mirziyoyevning Bakuga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Baku shahriga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston yetakchisi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etib, shaharlarni barqaror rivojlantirish va shaharsozlik siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Forum doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Baku xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Baku

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing