Mirziyoyev O‘zbekiston elchilariga topshiriq berdi
Jamiyat
−
30 iyul 12180 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi elchixona va bosh konsulxonalarni eksportni ko‘paytirishga faolroq ko‘maklashishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 30 iyul kuni meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Ma’lum qilinishicha, bu yilgi meva-sabzavot eksportining 80 foizi 5 ta davlatga – Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Xitoyga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilga nisbatan Janubiy Koreya, Vengriya, Malayziya, Polsha, Qozog‘istonga eksport kamaygan.
Shuningdek, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston, Qatarga eksport kutilganidek bo‘lmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Elchixonalardagi savdo maslahatchilarining bu boradagi faoliyati sust ekani qayd etildi. Elchilarga eksportchi korxonalar bilan birga ishlab, ularga bozor topish, ko‘rgazmalar tashkil qilish, savdo uyi va ombor tashkil qilish, mahsulotiga sertifikat olish kabi masalalarda ko‘maklashish topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident ushbu yig‘ilishda O‘zbekistondagi soha mas’ullari ob-havoni bahona qilavermasdan, sharoitga moslashib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli mahsulotlar yetishtirishga o‘tishi zarurligini aytgandi.
Live
Barchasi