Modrich JCHdan keyin faoliyatini yakunlab, “Real”ga qaytadi – OAV

Sport

image

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlashga va Madridga qaytishga tayyor. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi faoliyatini tugatgach, “Real Madrid” klubida ma’lum bir lavozimni egallashi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha “Real Madrid” safida to‘p surgan. Bu davr mobaynida Luka to‘rt marta Ispaniya chempioni bo‘ldi va olti marta UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. 2018 yilda esa yarim himoyachi “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritib, bunga erishgan birinchi xorvat futbolchisiga aylangandi.

Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi joriy yilgi Jahon chempionatida “L” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda Angliya, Panama va Gana terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Xorvatiya va Angliya o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 16 iyun kuniga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Luka Modrich “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing