Moskvada 3 nafar markaziy osiyolik zaharlanib vafot etdi

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahrida uch nafar qirg‘izistonlik is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Turmush” xabar berdi.  

Qayd etilishicha, ular Moskvadagi Dmitrov qishlog‘idagi qurilishda ishlagan va quruvchilar uchun o‘rnatilgan konteyner ichida is gazidan zaharlanib vafot etgan. Ularning jasadlari bugun, 30 aprel kuni Qirg‘izistonga jo‘natilmoqda.

Marhumlar Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Bozor-Qo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan biri – 21 yoshli Mizambek bo‘lib, qishloqdoshlarining aytishicha, u joriy yilning 5 may kuni uyiga qaytish uchun aviachipta sotib olgan.

“Yosh yigitlarning o‘limi barchamiz uchun og‘ir yo‘qotish bo‘ldi. Mizambek oiladagi to‘ng‘ich farzand edi. U oliy o‘quv yurtiga sirtqi bo‘limga o‘qishga kirgan. O‘tgan yili esa ota-onasiga yordam berish uchun Rossiyaga ishlashga ketgan. Avval oshxonada ishlagan, yaqinda qurilishga o‘tgandi. Bu yil o‘qishini tugatishi kerak edi va 5 may kuniga chipta ham olgan edi. Ertaga soat 11:00 da uni dafn etishmoqchi”, deydi qishloq aholisidan biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi yigit 29 yoshda bo‘lgan. Uning ortida turmush o‘rtog‘i va farzandlari qolgan. Uchinchi marhumning shaxsi hozircha aniqlanmagan, biroq u ham shu hududdan bo‘lgani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi hozirda elchixona bilan birgalikda voqea tafsilotlarini aniqlayotganini hamda jasadlarni vatanga qaytarish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi Buryatiya Respublikasida kon hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘lishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva is gazi qirg'izistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing