Ukraina Rossiyaning yirik harbiy zavodiga zarba berdi

Olam

image

Bugun, 30 aprelga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi eng yirik portlovchi moddalar zavodlaridan biriga hujum qildi. Bu haqda mahalliy aholiga tayanib, “Shot” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, shaharning turli qismlarida taxminan 10 ta portlash ovozi eshitilgan. Portlash ovozlari Nijniy Novgorod yaqinida joylashgan Kstovoning janubiy va markaziy qismlaridan ham chiqqan, ammo viloyat hokimiyati hujum haqida rasman izoh bermagan. 

“Astra” tomonidan o‘tkazilgan guvohlarning video va fotosuratlari tahliliga ko‘ra, Dzerjinskdagi dronlarning nishoni Sverdlov zavodi bo‘lgan. Hujumdan keyin zavod ustida tutun ko‘tarilgan. Dzerjinskdagi Sverdlov zavodi Rossiyadagi eng yirik portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, 100 yildan ortiq tarixga ega. 

Xabarga ko‘ra, u mamlakat harbiy-sanoat kompleksining bir qismi bo‘lib, strategik ahamiyatga ega. Zavod Kiyevning “Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazadigan yoki tahdid soluvchi harakatlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun” sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Kompaniya shuningdek, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Shveysariyaning sanksiyalariga duchor bo‘lgan. 

Rossiya Mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa signalizatsiya tizimlari bir kechada Rossiya hududlari ustida 189 ta Ukraina dronini tutib olgan va yo‘q qilgan. Xususan, dronlar Astraxan, Belgorod, Bryansk, Volgograd, Voronej, Kursk, Lipetsk, Nijniy Novgorod, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Tula va Ulyanovsk viloyatlari ustida kuzatilgan. 

Avvalroq ham Ukraina Qurolli kuchlari o‘z zarbalarini qurol ishlab chiqarish uchun xomashyo yetkazib berishi mumkin bo‘lgan Rossiya kimyoviy zavodlariga qaratgan. 6 aprel kuni Voronej viloyatining Rossosh shahridagi “Minudobreniya” zavodiga, 4 aprel kuni esa Samara viloyatining Tolyatti shahridagi ikkita kimyoviy zavod – “Tolyattikauchuk” va “KuybishevAzot”ga hujum qilgandi. 27 mart kuni “PhosAgro Group”ning Cherepovets kimyo klasteri tarkibiga kiruvchi “Apatit” AJga dronlar hujum qilgan. 25 fevral kuni Smolensk viloyatidagi Dorogobuj zavodiga hujum uyushtirilgan, oqibatda yetti kishi halok bo‘lgan. 17 fevral kuni Perm viloyatidagi “Metafraks Kemikals” zavodiga dronlar hujum qilgan. 7 fevral kuni Tver viloyatidagi eng yirik kimyo zavodi bo‘lgan Redkinskiy eksperimental zavodiga zarba berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaga yuzlab dron va raketalar bilan xujum qilgan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina zarba harbiy zavod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing