Moskvada parad boshlandi (video)
Olam
−
09 may 10695 1 daqiqa
Bugun, 9 may kuni Moskvadagi Qizil maydonda G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad boshlandi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.
Tantanali marosimda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko o‘g‘li Nikolay bilan birga, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va boshqa davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Qizil maydondan quruqlik qo‘shinlari, harbiy o‘quv yurtlari kursantlari hamda turli turdagi qo‘shinlar harbiy xizmatchilari yurib o‘tadi. Shuningdek, Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”da ishtirok etgan bo‘linmalar ham paradda qatnashmoqda.
Parad davomida Rossiya harbiy aviatsiyasi pilotaj guruhlari samolyotlari Moskva osmonidan uchib o‘tadi. Yakunda esa Su-25 hujumchi samolyotlari osmonni Rossiya bayrog‘i ranglari bilan bo‘yash kutilmoqda.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bugun Putinning bir qator ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Putin dastlab Qizil maydonda nutq so‘zlaydi, keyin mehmonlar bilan birga Noma’lum askar qabriga gul qo‘yadi va Kremlda xorijiy yetakchilar bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Live
Barchasi