Moskvaga dronlar hujum qildi – Domodedovo, Jukovskiy, Sheremetevo aeroporti yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 15 dekabr kuni Rossiya 130 ta Ukraina droni yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Dronlar hujumi oqibatida Moskvadagi ayrim aeroportlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Regnum.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi havo mudofaasi bo‘linmalari bir kecha davomida 130 ta Ukraina dronini urib tushirganini ma’lum qilgan. Ulardan 15 tasi Moskva tomon yo‘nalgan bo‘lgan.

Moskva meri Sergey Sobyanin esa 15 dekabr tongida poytaxtga yo‘naltirilgan yana to‘rtta dron yo‘q qilinganini, hozirda favqulodda xizmatlar hodisa joyida ish olib borayotganini bildirdi.

Ukraina tomonidan Moskvaga dronlar yuborilishi tez-tez kuzatilib, bu holatlar Rossiya poytaxti aeroportlari ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Rossiya aviatsiya nazorati organi – Rosaviatsiya Moskvadagi Domodedovo va Jukovskiy aeroportlari, shuningdek, Sheremetevo aeroporti hamda mamlakat janubidagi bir qator aeroportlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Rostov viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusarning aytishicha, tunda sodir bo‘lgan dron hujumi oqibatida elektr uzatish liniyasiga zarar yetgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 dekabr kuni ham dron hujumi sabab Rossiyaga aviareyslar kechiktirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport Sheremet'evo dron Domodedovo Rosaviatsiya Jukovskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing