2025 yilda O‘zbekiston aeroportlari 15 mln dan ortiq odamga xizmat ko‘rsatdi
Jamiyat
−
21 yanvar 1061 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston aeroportlari 128 972 ta aviareysga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yil davomida mamlakat aeroportlarida 128 972 ta aviareys amalga oshirilgan, bu esa 2024 yilga nisbatan 14 foizga ko‘proq. Shundan 92 480 ta reys xalqaro, 36 492 tasi esa ichki yo‘nalishlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2025 yilda O‘zbekiston aeroportlari 15 504 264 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga yuqori. Yo‘lovchilarning 12 707 101 nafari xalqaro reyslar, 2 797 163 nafari esa ichki aviaqatnovlardan foydalangan.
Yuk tashish segmentida ham ijobiy dinamika saqlanib qolingan. 2025 yilda O‘zbekiston aeroportlarida 98 137 tonna yuk va pochta qayta ishlangan bo‘lib, bu 2024 yilga nisbatan 12 foizga ko‘pdir.
Qolaversa, o‘tgan yili O‘zbekiston aeroportlariga to‘rtta xorijiy “Air China” va “China Eastern”, “Korean T'Way“ va Malayziyaning “Air Asia” aviakompaniyalari jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yildan boshlab O‘zbekistondagi barcha aeroportlarni qo‘riqlash va xavfsizligini ta’minlash Davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi