“Muzokara uchun emas”. Kapadze Indoneziyaga nega borganini aytdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziyaga tashrifi Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimi bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi. O‘zbekistonlik mutaxassis federatsiya bilan muzokaralarni rad qilib, safarining faqat reklama va turizm maqsadida amalga oshirilganini ta’kidladi. Bu haqda CNN Indonesia xabar berdi.


“Men bu yerga turizm bo‘yicha taklif hurmati uchun keldim. Shuning uchun Indoneziya terma jamoasining murabbiyligi uchun federatsiyasi bilan muzokaralar rejalari yo‘q”,  deydi Kapadze.

Kapadze Jakartadagi “Istiqlol” masjidiga tashrifidan so‘ng juma namozini o‘qishdan oldin masjidning ichki qismini hayrat bilan kuzatgani va shahar bilan tanishgani haqida so‘zlab berdi.

“Jakartada do‘stlarim meni iliq kutib olishdi va juda hurmat ko‘rsatishdi. Shuningdek, Indoneziya va O‘zbekiston o‘xshashliklari, xususan juma namozi, bizni quvontirdi. Tashrifning shunday muqaddas faoliyat bilan boshlangani Xudoning marhamatidir”,  deydi Kapadze.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Temur Kapadze Indoneziya borganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

turizm Indoneziya Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing