Naxechivonda Aliyevga bo‘ysunuvchi ijro organi tuziladi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Naxechivon Muxtor Respublikasining Konstitutsiyasiga Oliy Majlis va Naxechivon Vazirlar Mahkamsining vakolatlari bilan bog‘liq yangi moddalarni qo‘shishni tasdiqladi. Bu haqda “Report” xabar berdi.
 
Aliyev “Naxechivon Muxtor Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zgarishlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan. Hujjatga ko‘ra, Konstitutsiyasiga ikki yangi modda (3-1 va 28-1) qo‘shilib, 5-moddasi chiqarilgan. Shuningdek, bir qator moddalar va muqaddima qismida ham o‘zgartirishlar kiritilgan.

Mazkur qaror bilan Ozarbayjon Konstitutsiyasining 134-moddasining 3-qismida ko‘rsatilgan Naxechivon Muxtor Respublikasining Ozarbayjon Respublikasining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lishi haqidagi band Naxechivon Konstitutsiyasining muqaddimasida ham aks etadi.
 
Konstitutsiyaga “Naxchivon Muxtor Respublikasida Ozarbayjon Prezidentining vakolatli vakilligi” nomli 3-1-modda qo‘shildi. Unga ko‘ra, Naxechivon Muxtor Respublikasida Prezident tomonidan belgilangan vazifalarni bajaruvchi ijro organi tuziladi. Unga rahbarlik Ozarbayjon Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan, to‘g‘ridan to‘g‘ri Prezidentga bo‘ysunadigan vakolatli vakil tomonidan amalga oshiriladi.

Konstitutsiyaga 28-1-modda – “Naxechivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisining tarqatilishi” ham qo‘shildi. Ushbu moddada Oliy Majlis 31 nafar deputat talabiga binoan yoki Konstitutsiyaning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan vazifalarni bajara olmasa, u Ozarbayjon Prezidenti tomonidan tarqatilishi mumkinligi qayd etilgan.

Konstitutsiyadan “Naxechivon Muxtor Respublikasining oliy mansabdor shaxsi” nomli 5-modda chiqarib tashlandi.

Shuningdek, Aliyevning imzolagan qaroriga muvofiq quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi:

  • Naxechivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar Oliy Majlis raisining taklifiga asosan Ozarbayjon Prezidenti tomonidan tayinlanadi;
  • Shuningdek, hujjatda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti yoki Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi taklifi bilan Naxechivon Oliy Majlisining sessiyasini yopiq o‘tkazish mumkinligi belgilangandi;
  • Naxechivon Oliy Majlisiga saylovlar va deputatlarning maqomiga oid qonunlar 31 ovoz bilan, boshqa masalalarga oid qonunlar esa 23 ovoz bilan qabul qilinadi;
  • Naxechivon Oliy Majlisi raisi bo‘lish uchun hududda kamida besh yil yashash talabi bekor qilinadi;
  • Naxechivonda mahalliy ijro hokimiyati rahbarlarini Naxechivon Oliy Majlisi raisining taklifi asosida Ozarbayjon Prezidenti tayinlaydi;
  • Naxechivon Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlisga bo‘ysunmaydi va ish tartibini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti bilan kelishib belgilaydi;
  • Naxechivon Oliy Majlisi raisi aktlari endi qaror emas, farmon deb ataladi;
  • Naxechivon Muxtar Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida Konstitutsiya qonunlari yo‘qdir, qonunlar qabul qilinadi (50-moddasi). 

Shuningdek, Ozarbayjon Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish, aniqlik kiritish va texnik xarakterdagi bir qator o‘zgartirishlar  kiritilgan.

Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasiga qonunlar va davlat rahbari aktlarini “Naxechivon Konstitutsiyasida o‘zgarishlar tasdiqlanishi haqida” Konstitutsiya qonuniga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflarni uch oy ichida tayyorlab, Prezidentga taqdim etish topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Konstitutsiya Naxechivon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing