Namanganda 3 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi

3-sahifa

image
Samarqanddagi shifoxona hojatxonasida homilador ayolning ko‘zi yoridi (video) north_east

Samarqanddagi shifoxona hojatxonasida homilador ayolning ko‘zi yoridi (video)

Bugun, 26 aprel kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida 3 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:15 da 112  qisqa raqami orqali Uychi tumanining “Xo‘jaobod” MFYda yashovchi fuqaro 2022 yilda tug‘ilgan o‘g‘li nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yashash uyidagi hojatxonaga tushib ketgani yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.

Xabarga asosan qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan tezkor harakatlar natijasida bola hojatxonadan sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 1 yoshli qiz hojatxonaga tushib ketgandi. FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan FVB hojatxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing