Namanganda 7 yashar qarindoshini zo‘rlagan pedofilga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
24 dekabr 2025 9887 2 daqiqa
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida joriy yilning 14 oktyabr kuni 7 yashar qiz 38 yoshli qarindoshi tomonidan zo‘rlangandi. Bugun, 24 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudida mazkur holatga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi. Oldin ham sudlanib, xavfli retsidivist deb topilgan 38 yoshli erkak B.S. sud hukmiga muvofiq 7 yashar qizchaga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandiga asosan B.S. o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. B.S. tayinlangan jazo muddatining dastlabki 3 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Namangan viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktyabr oyida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan manzil koloniyada jazosini o‘tayotgan 31 yoshli mahkum qochib, 3-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagandi. Dekabrda mazkur ish yuzasidan ham sud boshlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025