Namanganda bosh arxitektor 1000 dollar pora bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
07 aprel 2703 1 daqiqa
Namangan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh arxitektori 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh arxitektori mahalliy oilaviy korxona rahbari tomonidan o‘z yashash xonadonining bir qismida qurilgan avtomobillar yuvish shaxobchasining loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berish hamda uni tasarruf etish bo‘yicha qo‘yilgan taqiqni bekor qilib berish evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan. Shuningdek, joriy yilning 1 aprel kuni u 500 AQSH dollarini olib, qolgan qismini tezlashtirib berishini so‘ragan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 1000 AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, oilaviy korxona rahbari avtomobillar yuvish shaxobchasini loyiha hujjatlarisiz qurganligi yuzasidan 2025 yilning dekabr oyida bosh arxitektor tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida sud tayinlagan 43 mln 300 ming so‘m miqdoridagi jarimani to‘lagan. Lekin shunga qaramay, bosh arxitektor unga qonuniy yechim ko‘rsatmay, aksincha korrupsion harakatlarni amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimining to‘rt oy avval tayinlangan o‘rinbosari Isomiddin Ismanov o‘z uyida 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi