Farg‘onada o‘qishga kiritishni va’da qilgan mansabdor qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
07 aprel 2406 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida tanishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan mansabdor 2 ming dollar bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qo‘shtepa tumani Qambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 1999 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan. U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining sirtqi yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh arxitektori 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushgan edi.
Live
Barchasi