Namanganda qabriston yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 16 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi “Mavlono” qabristoni yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yangi Namangan tumani FVBga soat 14:56 da “Istiqbol” MFY Ko‘zgu ko‘chasidagi “Mavlono” qabristonidagi qurigan o‘tlar yonayotgani haqida xabar tushgan. Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:09 da yetib borib, yong‘in soat 15:29 da bartaraf etilgan. 

Bildirilishicha, oqibatda qabriston hududining 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumani Turkiston ko‘chasida joylashgan vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Namangan qabriston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing