Namanganda vazirlik xodimlari 15 ming dollar bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi noqonuniy faoliyat evaziga 22 ming dollar talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bosh mutaxassislar o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan, Yangi Namangan tumanida joylashgan 2 qavatli noturar binoning qurilish ruxsatnomasi, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyiha hujjatlarini ijobiy hal qilib berish evaziga 22 ming dollar talab qilib, joriy yilning mart oyida 7 ming dollar olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ulardan biri qolgan 15 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, ikkinchi bosh mutaxassis ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida fermer xo‘jaligiga qarashli 5,1 gektar yer maydonini 60 000 AQSH dollariga sotishni ko‘zlagan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing