Namanganda yer sotmoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi ushlandi
3-sahifa
−
24 aprel 3239 1 daqiqa
Namangan viloyatida 20 sotix yerni 23 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro J.X. Namangan viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Chust tumani, “Tinchlik” MFYda hokim yordamchisi F.B. ariza muallifi J.X. ga tumanning “Sadacha” MFY, “Sadacha”kichik sanoat zonasidan “Z.A.M” xususiy korxonasiga ishlab chiqarish tashkil qilish uchun ijara asosida ajratilgan jami 40 sotix yer maydonining 20 sotixini 23 000 AQSH dollariga sotishini hamda keyinchalik hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytgan. Murojaatga asosan viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda hokim yordamchisi kelishilgan pul hisobidan bo‘nak (avans) tariqasida 10 000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Chust tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis 1000 dollar pora olayotganida qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi