Yekaterina Bivolning sudi qachon bo‘lishi aytildi

Sport

image

Rossiyalik professional bokschi Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi Yekaterina Bivolga nisbatan Rossiyada etnik nafratni qo‘zg‘atish ayblovi bilan sud jarayoni joriy yilning 29 yanvar kuni boshlanadi. Bu haqda “Vecherniy Bishkek” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sud majlisi Sankt-Peterburg shahridagi Leninskiy tuman sudida bo‘lib o‘tadi. Tergov o‘tgan yilning oktyabr oyida Yekaterina Bivol tomonidan Telegram-kanalida joylashtirilgan video sabab boshlangan. Xabarlarga ko‘ra, Ekstremizmga qarshi kurash markazi mutaxassislari ekspertiza natijasida videoda qirg‘iz va qozoq xalqi vakillarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi bayonotlar mavjudligini aniqlagan.

Mazkur holat yuzasidan Yekaterina Bivolga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda katta miqdordagi jarima yoki ma’muriy qamoq jazolarini nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasini mamlakat hududiga ekstraditsiya qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. 2025 yilning oktyabr oyida Qozog‘iston IIV Yekaterina Bivolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqladi. Shundan so‘ng u qidiruvga berilgan edi.  

Bundan tashqari, Yekaterina Bivol Qirg‘izistonda ham qidiruvda bo‘lgan. U yerda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 330-moddasi (irqiy, etnik, milliy yoki mintaqalararo adovatni (nizoni) qo‘zg‘atish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, tergovga Yekaterina Bivolning avtomobil boshqarayotgan paytda qirg‘izlar va boshqa millat vakillari haqida haqoratli so‘zlar ishlatgani aks etgan video sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qirg'iziston Dmitriy Bivol Ekaterina Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing