“Nasaf” o‘z maydonida “Al-Hilol”ga imkoniyatni boy berdi
Sport
−
29 Sentabr 6366 1 daqiqa
Bugun, 29 sentyabr kuni Elit Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi “Nasaf” – “Al-Hilol” bahsi bo‘lib o‘tdi. Qarshining “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur to‘qnashuvda mehmonlar 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 21-daqiqada Sergey Milinkovich-Savich bellashuvdagi hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa “ajdarlar” yarim himoyachisi Sardorbek Bahromov raqib darvozasini olis masofadan ishg‘ol etgan holda oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. O‘yinning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan 45+2-daqiqadagi Teo Ernandesning goli esa “Al-Hilol”ning tanaffusga ustunlik bilan yo‘l olishini ta’minladi.
Bahsning ikkinchi bo‘limi startida zaxiradan maydonga tushgan Javohir Siddiqov 61-daqiqada Umar Eshmurodovning super uzatmasini golga aylantirdi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gol esa 79-daqiqada “Al-Hilol”ning braziliyalik hujumchisi Markos Leonardo tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, “Al-Hilol” musobaqa doirasidagi navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va Sharqiy mintaqada turnir jadvali yetakchisiga aylandi. “Nasaf” esa ikki mag‘lubiyat bilan jadvalda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Jahongir Inomjonov