Javohir Siddiqov “Qo‘qon-1912”ga qaytdi
Sport
−
10:30 878 1 daqiqa
Farg‘onaning “Qo‘qon-1912” jamoasi klubning sobiq yarim himoyachisi Javohir Siddiqovni yana o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” jamoasi safida o‘tkazgan Siddiqov yangi mavsumni vodiy klubida o‘tkazadi. Manbaga ko‘ra, tomonlar ikki yillik shartnoma imzolagan.
29 yoshli futbolchi ortda qolgan Superliga mavsumida “ajdarlar” tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Javohir Siddiqov 2016-2018 yillar oralig‘ida, shuningdek, 2022 yilgi mavsumda ham “Qo‘qon-1912” sharafini himoya qilgan. U jamoa safida jami 99 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoning “Nasaf” jamoasi ham o‘zining sobiq futbolchisi Bobur Abduxoliqov va OKMK sobiq futbolchisi Akrom Komilov bilan shartnoma imzolagan edi. https://qalampir.uz/news/bobur-abdukholik-ov-nasaf-ga-k-aytdi-130167
Live
Barchasi