NATO Arktikaga o‘n minglab askarlar yubormoqchi
Olam
−
12 fevral 2215 1 daqiqa
Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) blokning yangi “Arktika qo‘riqchisi” (Arctic Sentry) missiyasi doirasida o‘tkaziladigan manyovrlarda ishtirok etish uchun mintaqaga o‘n minglab harbiy xizmatchilarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte ma’lum qildi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus doirasida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga alyansning o‘n minglab harbiylari jalb etiladi. Ushbu mashg‘ulotlarga Grenlandiyada Daniyaning “Arctic Endurance” hamda Norvegiyada “Cold Response” manyovrlari ham kiradi. Ta’kidlanishicha, mazkur mashg‘ulotlar NATO missiyasidan qat’i nazar, avvaldan rejalashtirilgan.
“Men barcha tafsilotlarni oshkor qila olmayman, aks holda Moskva va Pekindagi doiralarni haddan tashqari xabardor qilib qo‘ygan bo‘laman. Bizning baholashimizga ko‘ra, Rossiya va Xitoy ushbu mintaqaga katta qiziqish bildirmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Mark Ryutte.
Uning qayd etishicha, tashabbusning asosiy maqsadi “Rossiya va Xitoyning Grenlandiyaga hamda uning iqtisodiy resurslariga kirish imkoniyatini cheklashdan iborat”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya va Grenlandiya Arktikada NATO missiyasini tuzishni taklif qilgan edi.
Live
Barchasi