NATO bazasida jonli efir qilgan jurnalist hibsga olindi
Olam
−
02 mart 6664 1 daqiqa
Turkiyaning Adana Bosh prokuraturasi AQSH va Isroil Eronga zarbalar berayotgan paytda “Injirlik” havo bazasidagi harakatlarni jonli efirga uzatgan “Anka” axborot agentligi bosh muharriri Kenan Shenerning hibsga olinishi bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda “Türkiye Today” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28 fevral kuni “Anka” nashri 90 daqiqalik jonli efirda “Injirlik” havo bazasidagi operatsion faoliyat” nomli videoni YouTube kanalida uzatib, bazadagi harakatlarni ko‘rsatgan.
Qayd etilishicha, Kenan Shener bilan birga yana 2 kishi – Adana shahridagi mahalliy Koza TV telekanali bosh boshqaruvchisi va yangiliklar tahrirchisi hibsga olingan. Ular “Anka” uchun kadrlar taqdim etish bo‘yicha shartnoma asosida ishlagani ma’lum bo‘lgan.
Prokuratura bayonotida harbiy ob’ektlar va bazalarning joylashuvi, xavfsizlik tartiblari va tuzilishi haqidagi tasvirlarni ommaga tarqatish milliy xavfsizlikka tahdid solishi aytilgan va bunday faoliyat “matbuot erkinligi doirasida baholanishi mumkin emas”, deya ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy ob’ektlariga yo‘llagan raketa zarbalari AQSH armiyasi shaxsiy tarkibi orasida ommaviy talofatlarga olib kelgandi.
Live
Barchasi