“Navbatdagi nishon kim?” Larijoniy o‘limidan keyin Eronda vaziyat qanday?

Olam

image

Eron rasmiylari Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy halok bo‘lganidan keyin o‘z xavfsizligidan yanada ko‘proq xavotir ola boshlagan. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.  

Unga ko‘ra, boshqa rasmiylar bir-biriga qo‘ng‘iroq qilib, navbatdagi nishon kim bo‘lishi mumkinligi haqida savol bermoqda. Ikkinchi manbaning aytishicha, Eron ichida hamma Isroil barcha rahbarlar yo‘q qilinmaguncha va amaldagi tuzum ag‘darilmaguncha to‘xtamasligi mumkin, degan xavotirda.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Isroil razvedkasi ayrim qo‘mondonlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning ismlarini tilga olgan holda, agar ehtimoliy qo‘zg‘olon vaqtida chetda qolishsa, o‘zlari va oilalariga tahdid qilgan. Nashr Eron politsiyasining yuqori lavozimli amaldorlaridan biri bilan “Mossad” razvedka xodimi o‘rtasidagi suhbatdan parchani ham keltiradi.

Nashrning yozishicha, Tehronda xavfsizlik kuchlari xodimlari turar joy binolariga ko‘chirilmoqda, u yerda yashovchilar esa ehtimoliy zarbalardan saqlanish uchun evakuatsiya qilinmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Isroil razvedka ma’lumotlari asosida Eron maxsus xizmatlari va harbiylari joylashgan ob’ektlarga zarba bermoqda.

Larijoniyning o‘limi

Kecha, 17 mart kuni Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats Ali Larijoniy tungi havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Keyinchalik bu xabarni Tehron ham tasdiqladi.

Larijoniy bilan birga uning o‘g‘li, o‘rinbosari va qo‘riqchilari ham halok bo‘lgan. Bundan tashqari, “Basij” xalq lashkari qo‘mondoni, general-mayor G‘ulomrizo Sulaymoniy ham zarba qurboni bo‘lgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri Eron rahbariyatining ko‘plab yuqori martabali vakillari halok bo‘lgan. Ular orasida oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy ham bor.

Yangi Oliy rahbar etib uning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy tayinlangan, biroq u saylanganidan beri jamoatchilikka ko‘rinmagan. Tehron uning jarohat olganini tasdiqlagan.

O‘z bayonotida Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar uchun qasos olishdan voz kechilmasligini bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Mujtabo Xomanaiy Ali Larijoniy G'ulomrizo Sulaymoniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing