Navoiyda 8 km yo‘lga sifatsiz asfalt yotqizildi
Jamiyat
−
17 fevral 3204 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Navbahor tumani “Qiziltepa” MFY hududidagi ichki yo‘llarda yo‘lning sifatsiz ta’mirlangani holati aks etgan xabarlar tarqaldi. Transport nazorati inspeksiyasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ob’ektda Navbahor tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmasiga asosan ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, asfalt-beton qoplamali qismining umumiy uzunligi 8,134 kilometrni tashkil qilgan.
Amaldagi qonunchilik va loyiha talablariga asosan I tamg‘ali “B” turdagi mayda donali, issiq, zich asfalt-beton qorishmasi yotqizish belgilangan bo‘lsa-da, amalda yotqizilgan qoplama bir to‘g‘ri chiziqda yotqizilmagani va ko‘rinishi bir jinsliligi ta’minlanmagani, qoplama qalinligi talabga javob bermagani aniqlangan.
Shuningdek, ob’ektda bajarilgan ishlar sifatiga aniq va xolis baho berish maqsadida, laboratoriya sinovlari o‘tkazish uchun asfalt-beton qoplamadan “kern” namunalari olingan va sinov ishlari o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan sinov natijalariga asosan asfalt-beton qoplamaning suv shimuvchanlik va zichlanish koeffitsiyenti ko‘rsatgichlari standart va normativ hujjatdagi ruxsat etilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan.
Hozirda ma’lumotlar laboratoriya xulosalari bilan birga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi