Navoiyda chiqindi yig‘ish narxi qimmatladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 iyun kunidan boshlab Navoiy viloyatida chiqindi yig‘ish tariflari oshdi. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi qarorida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, viloyatning Navoiy va Karmana tumanlari hududida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlangan. Navoiyda bir kishi uchun narx QQSni hisobga olgan holda 5800 so‘mni tashkil etadi. Karmana shahrida bu summa 4950 so‘mni tashkil etadi. Yuridik shaxslar uchun ikkala hududdagi narxlar 80 080 so‘mni tashkil etadi (QQS bilan).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hududlarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari jismoniy shaxslar, ya’ni aholi uchun 7 840 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 82 880 so‘m (QQS bilan) etib belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy chiqindi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing