Navoiyda yana bir hokim lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
01 noyabr 10149 2 daqiqa
Navbahor tumani hokimi Azamat O‘roqov lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga tumanga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, endilikda tuman rahbari sifatida Alisher Abdurazzoqovich Rashidov faoliyat yuritadi. U tayinlovga qadar Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
%20copy%20%E2%80%94%20%D0%BA%D0%BE%D0%BF%D0%B8%D1%8F(3).jpg)
Ma’lumot uchun, Alisher Rashidov 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.
U 2006 yilda Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlarni tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish markazi hamda 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Viloyat hokimligi tomonidan chop etilgan tayinlov xabarida sobiq hokim Azamat O‘roqovning nega ishdan olinganiga to‘xtalib o‘tilmagan. O‘roqov 2022 yildan buyon Navbahor tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Karmana tumaniga hamda Andijon viloyatining Xonobod shahriga yangi hokimlar tayinlangandi. Shuningdek, Ohangaron shahri hokimi ishdan olinib, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlangandi.
Bundan tashqari, Narpay tumaniga shu paytgacha hokimlik qilib kelayotgan Sherbek Bo‘ronov ishdan bo‘shatilib, uning o‘rniga yangi hokim ishga kirishdi. Jizzax viloyati Forish tumani hokimi Ikrom Matiyev ham ishdan olindi va uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi.
Live
Barchasi