Netanyaxu Eronga qarshi zarbalar davom etishini aytdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehronning energetika ob’ektlariga zarba berishni vaqtincha to‘xtatganiga qaramay, Eronni bombardimon qilish davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda u video murojaat yo‘lladi. 

“Biz Eron va Livanda zarbalarni davom ettiryapmiz. Raketa dasturi va yadroviy dasturni yo‘q qilyapmiz, shuningdek, “Hizbulloh”ga kuchli zarbalar berishda davom etyapmiz. Bir necha kun oldin yana ikki nafar yadroviy olimni yo‘q qildik va operatsiyalar hali ham davom etmoqda”, degan Bosh vazir. 

Tramp esa kecha, 23 mart kuni tinchlik muzokaralari boshlanishini e’lon qilib, avval aytilgan zarbalarni 5 kunga kechiktirdi va kelishuv ehtimoli yuqori ekanini bildirdi. U Isroil sulhga rioya qiladimi degan savolga, “Isroil mavjud vaziyatdan juda mamnun bo‘ladi”, deb javob bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda Amerika tomonidan uning kuyovi Jared Kushner va maxsus vakil Stiv Uitkoff ishtirok etgan. Tramp Eron tomonidan kim qatnashganiga aniqlik kiritmagan, faqatgina u “yuqori martabali va hurmatli yetakchi” ekanini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Livan Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing