Netanyaxu G‘azoning 70 foiz qismini egallashni buyurdi (video)
Olam
−
29 may 2228 2 daqiqa
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil mudofaa armiyasiga (SAXAL) G‘azo sektori hududi ustidan nazoratni 70 foizgacha kengaytirish haqida buyruq berdi. Bu haqda u Iordan daryosining G‘arbiy Sohilida bo‘lib o‘tgan konferensiyadagi nutqida so‘z ochdi.
“Biz 50 foizini nazorat qilayotgan edik, keyin 60 foizini egalladik. Mening buyrug‘im – 70 foizga yaqinlashish, ishni mana shundan boshlaylik. Biz HAMASni har tomondan siqib bormoqdamiz. Ularning qoldiqlari bilan ham shug‘ullanamiz”, deydi Netanyaxu.
Tinglovchilardan biri Isroil eksklavning butun hududini egallashi kerakligini hayqirib aytganida, hukumat rahbari bu yo‘nalishda ham ish olib borilayotganini ta’kidlagan.
“Reuters”ning yozishicha, hozirda Isroil G‘azo sektori hududining 64 foizini egallab turibdi. Ammo “The Wall Street Journal” (WSJ) nashri 25 may kuni boshqa raqamlarni keltirgan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning may oyiga kelib SAXAL hududning 59 foizini nazorat qilayotgan bo‘lgan.
2025 yilning oktyabr oyida Isroil va HAMAS o‘rtasida kelishuv imzolangan paytda SAXAL G‘azoning 53 foizini egallab turgan edi. Ushbu hujjat Isroil armiyasi avvaldan kelishilgan chiziqqacha ortga chekinishini va natijada nazorat ostidagi hududning qariyb 20 foizini yo‘qotishini ko‘zda tutgandi. Biroq WSJ manbalarining so‘zlariga ko‘ra, SAXAL turli uchastkalarda bu chiziqni bir necha bor surishni davom ettirgan. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar ham Isroil ushbu chiziqni faol ravishda mustahkamlayotgani va yangi harbiy tayanch punktlarini qurayotganini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Isroilni mojarolar vaqtida jinsiy zo‘ravonlik qo‘llagan tomonlar “qora ro‘yxati”ga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi