Neymar bir nechta shartlar evaziga termaga chaqirilgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
21 may 2429 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni 2026 yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibga bir nechta shartlar evaziga kiritgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, Karlo Anchelotti 34 yoshli “Santos” hujumchisi bilan videomuloqot o‘tkazib, uning kelajakdagi roli haqida aniq tasavvurga ega ekanini aytgan. Italiyalik mutaxassis Neymar endi kafolatlangan asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasligini va sardorlik bog‘ichini topshirishi kerakligini ta’kidlagan.
Shuningdek, Neymarning afsonaviy 10-raqami qanot hujumchisi Vinisius Juniorga beriladi. Bundan tashqari, futbolchining maydondan tashqaridagi xulq-atvor va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatga oid yangi intizomiy qoidalar ham joriy etildi.
Xabarlarga ko‘ra, Neymar bu o‘zgarishlarni tabassum bilan qabul qilgan va turnirda jamoaga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga va’da bergan. Uning yordamchi rolini qabul qilishga tayyorligi Karlo Anchelottini uni 26 kishilik tarkibga kiritishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Braziliya mundialning guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Hozirda Neymar 79 ta gol bilan Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib qolmoqda.
Live
Barchasi