Neymarning jarohati kutilganidan jiddiyroq – OAV

Sport

image
Braziliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun chaqirilgan hujumchisi Neymar Junior jarohat oldi. Uning jarohati shunchaki yengil shish emas va tiklanishi “Santos” klubi ma’lum qilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) 34 yoshli hujumchining sog‘lig‘i haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligidan norozi. Neymarning Jahon chempionati oldidan Panama (31 may) va Misr (5 iyun) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi ehtimoldan yiroq ekani ta’kidlanmoqda.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Neymarning jismoniy holati unga Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda — 14 iyun kuni Marokashga qarshi bahsda maydonga tushish imkonini beradimi yoki yo‘qmi, shu masalani ham muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun tarkibiga jalb qilingandan bir necha kun o‘tib, “Santos” mashg‘ulotlarida jarohat olgandi.

Maqola muallifi

Teglar

Neymar Jahon chempionati Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing