Neymar mundialdan oldin Braziliya MTJga qaytishi mumkin 

Sport

image

Neymar Braziliya terma jamoasining mart oyidagi Fransiya va Xorvatiyaga qarshi bo‘lajak o‘yinlarga chaqirilishi mumkin. Bu haqda “The Sporting News” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlar uchun tarkibga jalb qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Murabbiylar shtabi yakuniy ro‘yxatni e’lon qilishdan oldin futbolchining jismoniy holatini diqqat bilan kuzatib borayotgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Neymar terma jamoaga chaqirilishdan oldin yana ikkita uchrashuvda maydonga tushib, o‘z sport formasini namoyish etishi kerak. Terma jamoaning yakuniy tarkibi esa joriy yilning 16 mart kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Rodrigoning yo‘qligi haqidagi xabarlar Neymarning terma jamoaga qaytish imkoniyatini oshirgan. Bundan tashqari, agar boshqa bir braziliyalik futbolchi – Estevao mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmasa, vaziyat yanada o‘zgarishi mumkin. Agar Neymar yaxshi sport formasini ko‘rsata olsa, u Jahon chempionatida ham ishtirok etishi ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng sermahsul futbolchi hisoblanadi. U milliy jamoa safida 128 ta o‘yinda maydonga tushib, 79 ta gol urgan hamda 59 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Neymar terma jamoa safida oxirgi bor 2023 yil oktyabr oyida maydonga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Braziliya Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing