Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 

Sport

image

Nodirbek Abdusattorov Germaniyaning Vayzenxaus shahrida bo‘lib o‘tadigan fristayl bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar beradi.

O‘zbekistonlik grossmeyster chess.com platformasida o‘tkazilgan rasmiy Play-In saralash turnirida g‘olib chiqdi. Abdusattorov finalda Pranav Venkateshni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Musobaqa joriy yilning 13-15 fevral kunlari Germaniyaning Vayzenxaus shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnir FIDE homiyligida va Freestyle Chess bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Fristayl bo‘yicha Jahon chempionati avval o‘tkazilgan Fisher shaxmati formatidagi FIDE turnirlarining mantiqiy davomi hisoblanadi va unda 8 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. Shulardan 6 nafar ishtirokchi 2025 yilgi Freestyle Chess Grand Slam Tour natijalariga ko‘ra yo‘llanma olgan. Yana ikkita ishtirokchi esa saralash orqali aniqlandi.

Jahon chempionatida ishtirok etadigan shaxmatchilar: 

  • Magnus Karlsen (Norvegiya);
  • Levon Aronyan (Armaniston); 
  • Fabiano Karuana (AQSH);
  • Vinsent Kaymer (Germaniya); 
  • Arjun Erigaysi (Hindiston); 
  • Javohir Sindorov (O‘zbekiston); 
  • Hans Niman (AQSH); 
  • Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  ushbu Jahon chempionatida yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov ham ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing