Javohir Sindorov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi (video)
Sport
−
17 aprel 5288 1 daqiqa
Joriy yilning 15 aprel kuni Kiprda yakunlangan FIDE Nomzodlar turniri g‘olibligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Bugun, 17 aprel kuni Javohir Sindorovni kutib olishga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirda Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident farmonini o‘qib eshittirgan.
“Kiprda o‘tkazilgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turnirida o‘zining yuksak intellektual salohiyati va professional mahoratini yaqqol namoyon etib, dunyoning eng kuchli grossmeysterlari orasida rekord natijalar ko‘rsatgan Sindarov Javohir Sanjarbekovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin”, deya Prezident farmonini o‘qib eshittirgan Bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov turnirda biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. Mazkur natijadan dunyoning 5-raqamli shaxmatchisiga aylandi. Undan oldinda yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (2780) o‘rin olgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tabrikladi.
Live
Barchasi