Nomzodlar turniri: Sindorov ikkinchi bor Pragnanandhani mag‘lub etdi  

Sport

image

Kecha, 9 aprel kuni Kiprda Nomzodlar turnirining 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik grossmeyter Javohir Sindorov ushbu turda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhaga qarshi dona surib, g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Sindorovning ochkolari soni 8 taga yetdi va eng yaqin ta’qibchisidan 2 ochkoga oldinlab ketdi. Endilikda Sindorov 11 aprel kuni 11-tur doirasida AQSHlik Fabiano Kraunaga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu turnirdagi g‘oliblik Jahon toji uchun o‘ynash imkoniyatini beradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda Sindorov germaniyalik Mattias Blyubaum bilan durang natija qayd etgandi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

g'alaba Javohir Sindorov turnir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing