Norvegiya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi

Olam

image

Norvegiyada ham voyaga yetmaganlarnining ijtimoiy tarmoqlarga kirishi taqiqlanishi mumkin. Mamlakat hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklash bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshladi. Bu haqda Bosh vazir Yonas Gar Store NRK telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Agar qonun qabul qilinsa, u kelasi yildan kuchga kiradi.

Hukumat 16 yoshdan boshlab bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat berish bo‘yicha ish olib borayotganini aytgan Store, mazkur tartib orqali bir xil yosh guruhidagi bolalar bir vaqtning o‘zida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi mumkinligini ta’kidlagan. 

Ma’lumot uchun, hozirda Yevropaning bir qancha mamlakatlari, jumladan, Ispaniya, Daniya, Italiya, Finlyandiya hukumatlari ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yosh cheklovini 15-16 yosh qilish uchun turli harakatlarni amalga oshirishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya rasmiylari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga yosh bo‘yicha cheklovlar joriy etish imkoniyatini “qaramlikka qarshi kurash chorasi” sifatida muhokama qilyotgani haqida ham xabar berilgandi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Norvegiya ijtimoiy tarmoqlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing