Oqdaryoga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
03 fevral 3900 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral kuni Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Temur Mahmudov Asomiddinovich Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mahmudov tayinlovga qadar Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Oqdaryoga 2021 yil dekabr oyidan buyon Sherzod Qudratov hokimlik qilib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bahrom Mahmatraimov lavozimidan ozod etilgandi va uning o‘rniga Otabek Mavlonov tayinlangandi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral