Oksfordda endi o‘zbek tili o‘rganiladi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniyadagi dunyoga mashhur Oksford universitetida endilikda o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, endilikda Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi. Saida Mirziyoyeva universitetdan mukofot ham qabul qilgan. U buni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning e’tirofi sifatida bilishini yozgan.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o‘g‘li Miromon Tursunov hamrohligida Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishgan.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva 9 oktyabr kuni Bryusselda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashgan edi. Qolaversa, Mirziyoyeva Bryusselda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan ham uchrashdi. U 13 oktyabr kuni Londonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil-Reno Basso bilan uchrashdi.

Shuningdek, Mirziyoyeva 14 oktyabr kuni Londonda “Rothschild & Co” kompaniyasi kuzatuv kengashi a’zosi baronessa Ariel Malard de Rotshild, Buyuk Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi, Britaniya biznes vakillari va Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari va Adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva o'zbek tili Oksford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing