Olimpiada o‘yinlari vaqtida o‘g‘irlangan qadimiy ustun parchasi topildi

Bu qiziq

image

Germaniyalik ayol 60 yil avval o‘g‘irlab ketgan qadimiy ustun parchasini Gretsiyaga qaytarib berdi. Bu haqda Gretsiya Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya fuqarosi 1960 yillarda Olimpiya o‘yinlari paydo bo‘lgan va ko‘p asrlar davomida o‘tkazib kelinayotgan Qadimgi Yunonistonning eng yirik ziyoratgohlaridan biri bo‘lgan Olimpiyaga tashrifi chog‘ida o‘g‘irlangan Ion ustuni parchasini qaytarib bergan.

Kolonna – ustunning toj qismi bo‘lib, miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladigan Leonideon binosini bezatgan. O‘g‘irlangan parchaning balandligi 24 santimetr va kengligi 33,5 santimetrga teng.

Bayonotda ta’kidlanganidek, parchani qaytarish “germaniyalik ayolining sezgirligi va jasorati tufayli” amalga oshirilgan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, o‘g‘rining bu harakatiga Myunster universiteti tomonidan muhim tarixiy ashyolar qaytarilishi sabab bo‘lgan. 2019 yilda universitet 1896 yilda Afinada bo‘lib o‘tgan birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlarida yunon yuguruvchisi Spiros Luis tomonidan qo‘lga kiritilgan skifolarni Gretsiyaga qaytargandi. 2024 yilda Salonikidagi qabristondan Rim marmaridan yasalgan odamning boshi qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya ustun parchasi Leonideon binosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing