Olimpiadada qancha afrikalik sportchi ishtirok etayotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan afrikalik sportchilar soni avvalgi Olimpiadaga nisbatan 2,5 baravar ko‘paygan. Bu haqda Afrika Ittifoqi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanishi bilan biz sakkiz mamlakatdan kelgan 15 nafar afrikalik sportchini qarshi olamiz: Janubiy Afrika, Keniya, Madagaskar, Marokash, Nigeriya, Gvineya-Bisau, Benin va Eritreya. Bu yil afrikaliklar ishtiroki Peki–2022 Qishki Olimpiadasiga qaraganda ancha yuqori. O‘shanda besh mamlakatdan atigi olti nafar sportchi qatnashgandi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Delegatsiyalar tarkibiga ko‘ra, Janubiy Afrika besh nafar sportchi bilan eng katta delegatsiyani taqdim etadi. Madagaskar, Marokash va Keniya ikkitadan sportchi bilan ishtirok etadi. Benin, Gvineya-Bisau, Nigeriya va Eritreya sharafini esa bittadan sportchi himoya qiladi.

Afrikalik sportchilar tog‘ chang‘isi, kross-chang‘i, erkin chang‘i hamda skeleton yo‘nalishlarida bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 22 fevral kuniga qadar Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Italiya tog' chang'isi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing