Olmaliqda o‘qituvchi o‘quvchilarning peshonasiga “2” qo‘ydi

3-sahifa

image

Joriy yilning 21 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi 7-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi 3-sinf o‘quvchilarining peshonasi va yuziga “ikki” baho qo‘yib tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat o‘z tasdig‘ini topgan. O‘qituvchi dars tayyorlamagan o‘quvchilarni jazolash maqsadida mazkur holatni sodir etgani aniqlangan.

Bildirilishicha, o‘qituvchining yoshligi va tajribasizligi hamda qilgan ishidan pushaymonligi sababli tushuntirish xati asosida unga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktab rahbari 1-sinf o‘quvchilari oldida maktabning ayol pedagog xodimlarini haqorat qilgani haqida xabar berilgan edi. Buning ortidan maktab dirktoriga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilib, lavozimidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Olmaliq ikki baho

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing