Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

Bu qiziq

image

Bugun, 8 avgust kuni Chikago tovar birjasida (CME) oltin fyucherslari narxlari 2,32 foizga oshib, bir unsiya uchun 3534,1 dollarga yetdi va rekord o‘rnatdi. Bu haqda CME ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan 10:26 da o‘sish sur’ati 1,13 foizgacha sekinlashdi va kotirovkalar bir unsiya uchun 3493 dollarga qaytdi. Avvalgi maksimum joriy yilning 22 aprel kungi savdolarida bir unsiya uchun 3509,9 dollar darajasida qayd etilgan.

“Reuters”ga ko‘ra, bu AQSH 1 kilogramm og‘irlikdagi oltin quymalar importiga boj joriy etgani haqidagi xabar ortidan yuz bergan. Tahlilchilar bu qaror qimmatbaho metallar bozorini tubdan o‘zgartirishi mumkinligini aytmoqda. Bundan tashqari, bu AQSH va Shveysariya o‘rtasidagi munosabatlarni ham yomonlashtirishi mumkin, chunki Shveysariya uchun AQSH eng muhim eksport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki 9 tonna oltin sotib olib, dunyodagi eng yirik oltin xaridori bo‘lgandi. Yil boshidan beri eng ko‘p oltin xarid qilgan davlat esa Polsha bo‘lib, u 6 oyda 67 tonna oltin sotib olgan. Ikkinchi o‘rinda 35 tonna bilan Ozarbayjon Davlat neft jamg‘armasi, uchinchi o‘rinda esa Qozog‘iston (22 tonna) qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin Chikago tovar birjasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing