Omadsiz salto: MMA jangchisi g‘alabani nishonlayotganda jarohat oldi (video)

Sport

image

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Sineshuk Krasnodarda bo‘lib o‘tgan “Yujniy rubej” turnirida debyut jangidan so‘ng g‘alabani nishonlash jarayonida og‘ir jarohat oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 21 fevral kuni Krasnodarda bo‘lib o‘tgan “Yujniy rubej” turnirida sodir bo‘lgan. Sineshuk birinchi raunddayoq raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi. Hakam jangni to‘xtatganidan keyin Aleksandr to‘siqqa chiqib, orqaga salto qilishga urindi. Biroq u noqulay tarzda yerga tushib, chap oyog‘ini qayirib oldi.
 
Liga rasmiylari sportchiga bog‘lam cho‘zilishi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.

“Hammasi a’lo darajada o‘tdi, turnirdan katta zavq oldim. Faqat salto to‘liq chiqmay qoldi, lekin mayli, endi buni takrorlamaymiz. G‘alabalarni biroz kamtarona nishonlash kerakligini tushundim. Oyog‘imga kelsak, jiddiy narsa yo‘q, joyiga qo‘yishdi. Bir muddat gipsda va qo‘ltiqtayoqda yuraman. Endi tiklanib, g‘alabali seriyani davom ettiramiz”, deydi sportchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Ma’lumot uchun, Sineshuk yakka kurashlar bo‘yicha bo‘yicha Rossiya chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u MMA va grappling bo‘yicha mintaqaviy musobaqalar g‘olibi sanaladi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq clovakiyalik aralash yakkakurashlar ustasi Pavol Vasko Brno shahrida bo‘lib o‘tgan Clash MMA 15 turniri doirasidagi jang paytida chexiyalik raqibi Vatslav Mikulasekning qulog‘idan tishlab olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

MMA Aleksandr Sineshuk sal'to

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing