MMA jangchisi bolalarni qutqarayotganda cho‘kib ketdi

Sport

image

Qirg‘izistonlik aralash yakkakurash ustasi Medet Jeenaliyev Issiqko‘lda cho‘kib ketayotgan odamlarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Issiqko‘l viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

“Jeenaliyev Issiqko‘lda kuchli to‘lqinlar sabab cho‘kayotgan ikki qizni qutqarish chog‘ida vafot etdi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli sportchi qutqaruv ishlarida do‘sti bilan birga qatnashgan. Uning hamrohi va suvdan olib chiqilgan qizlar omon qolgan.

Shu bilan birga, qutqarilganlar soni bo‘yicha turli ma’lumotlar mavjud. Issiqko‘l viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati voqea vaqtida voyaga yetmagan qizlar plyajda dam olayotgani va ulardan biri cho‘ka boshlaganini yozgan.

Ma’lumot uchun, Jeenaliyev 2017-2019 yillar oralig‘ida MMA musobaqalarida ishtirok etgan. U professional faoliyati davomida to‘rtta jang o‘tkazib, ulardan ikkitasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

MMA Issiqko'l Medet Jeenaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing