Onasini emsin!
Intervyu
−
14 yanvar 14359 2 daqiqa
Ona suti chaqaloq uchun eng tabiiy va foydali ozuqa hisoblanadi. Uning tarkibida bola organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha vitaminlar, mikroelementlar va immunitetni mustahkamlovchi moddalar mavjud. Ona suti bilan oziqlangan bolalarda infeksion kasalliklar, allergiya va oshqozon-ichak muammolari kamroq uchraydi, miya va asab tizimi rivoji esa yaxshiroq kechadi.
.jpg)
Emizish jarayoni ona va bola o‘rtasidagi ruhiy bog‘liqlikni kuchaytirib, bolaning hissiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari ona farzandini emizish mobaynida, ayolning organizmida qayta tiklanish jarayonlari sodir bo‘ladi. Ona suti nafaqat bola, balki onaning salomatligi uchun ham muhim omil sanaladi.
Mutaxassislar bolani kamida 6 oy faqat ona suti bilan oziqlantirishni, keyinchalik esa qo‘shimcha ovqatlar bilan birga 2 yoshgacha emizishni tavsiya etadi.
QALAMPIR.UZ ona suti va sun’iy qo‘shimcha ozuqa moddalarning bola organizmi uchun foyda yoki zararlari haqida Tibbiyot fanlari nomzodi Dinora Do‘stmuhammedova bilan suhbatlashdi.
Intervyu davomida quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin:
• ona sutining bola organizmi uchun ahamiyati;
• ona sutining davolovchi xususiyati;
• sun’iy qo‘shimcha ozuqalardan qay hollarda foydalanmaslik;
• cun’iy silikon ko‘kraklarda sut kelishi yoki kelmasligi;
• ko‘krak saratoning oldini olish;
• bachadon kasalliklari emizish davrida yo‘qolishi.
Intervyu tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasidagi ushbu videoni tomosha qiling.
Live
Barchasi