Ozarbayjon Eronga 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Olam
−
04 aprel 1927 1 daqiqa
Ozarbayjon ikki mamlakat Prezidentlari – Ilhom Aliyev va Mas’ud Pezeshkiyon o‘rtasidagi telefon muloqotidan so‘ng Eronga insonparvarlik yordamining yangi partiyasini jo‘natdi. Bu haqda “Media.az” xabar berdi.
Umumiy vazni 200 tonnani tashkil etgan ushbu yuk tarkibiga 190 tonna oziq-ovqat mahsulotlari, 7 tonna birinchi tibbiy yordam uchun dori-darmonlar va 3 tonna tibbiy buyumlar kiritilgan. Yordam yuki 10 ta yuk mashinasida yetkazib berilgan.
Qayd etilishicha, bu Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganidan buyon Ozarbayjon tomonidan Eronga yuborilgan uchinchi insonparvarlik yordami partiyasidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov topshirig‘iga binoan Eron xalqiga 129 tonna gumanitar yordam yuborilgandi.
Live
Barchasi