Ozarbayjon Ukraina bilan birga qurol ishlab chiqarmoqchi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga birgalikda qurol ishlab chiqarishni taklif qildi. Bu haqda “Report.az” xabar berdi.

Aliyev bu bayonotni Zelenskiy bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon va Ukraina xalqaro tashkilotlarda o‘z davlatlarining suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab keladi va bundan keyin ham shunday yo‘l tutadi.

Uchrashuv davomida tomonlar harbiy-texnik hamkorlik masalasini ham muhokama qilgan. Aliyevning aytishicha, har ikki davlatda ham mudofaa sanoati rivojlanmoqda va bu sohada qo‘shma ishlab chiqarish uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Zelenskiy esa ikki davlat o‘rtasida mudofaa sanoati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidlagan. U Ukraina va Ozarbayjon bir nechta sohalarda, jumladan energetika va gumanitar yo‘nalishda ham hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha bir nechta hujjatlar imzolaganini aytgan.

Shuningdek, Zelenskiy agar Rossiya rozi bo‘lsa, Ukraina Rossiya bilan uch tomonlama (AQSH–Ukraina–Rossiya) muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan. U ilgari ham Turkiya va Shveysariyada shunga o‘xshash uchrashuvlar o‘tkazilganini eslatgan.

Liderlar uchrashuvi G‘abala shahrida bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy Moskva rozi bo‘lsa, Rossiya bilan muzokaralarning navbatdagi bosqichini Ozarbayjonda o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing